KONVOY

KONVOY (gollandcha — konvooi) — 1) transport, harbiy asirlar, mahbuslar va boshqalarni qo’riqlovchi harbiy bo’linma, qism; 2) harbiy transport va savdo kemalari otryadi hamda ularni dengizdan o’tish chog’ida qo’riqlab boruvchi jangovar kemalar. 2-jahon urushi davrida (1939— 45) transport kemalarni ko’zatib borish maqsadida maxsus Konvoy kemalar yasalgan.