Ko’p tirajli gazeta

Ko’p tirajli gazeta – muayyan tashkilot, muassasa yoki oliy o’quv yurt- lari qoshida ta’sis etilib, ularning asosiy mehnat faoliyatini yoritadigan matbuot turi. O’zbekistonda K.t.g. qonun asosida tegishli matbuot boshqarmalari tomonidan ro’yxatdan o’tgach, o’z nizomi asosida ish yuritadi. Unda, asosan, o’sha korxona (tashkilot yoki muassasa)ga te- gishli xabar va yangiliklar, e’lon va bildiruvlar, maqola va sharxlar chop eti- ladi. Aksariyat K.t.g. lar mehnat jamoa- sining milliy mansubligiga qarab, ikki yoki undan ortiqtillarda nashr etiladi. Mas, “To’qimachi” (“Buxorotekstil” kom- binati nashri), “Udarnik” (Toshkent Aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi nashri). Ayni paytda bir qator nufuzli oliy o’quv yurtlari ham o’z nashrlariga ega. Bo’lar sirasiga “shifokor”, “Tibbi- yotnoma” (1 – va 2 – toshti nashrlari), “Pe- diatr” (Toshkent pediatriya in-ti nash- ri), “texnika maskani” (ToshTU nashri), “Universitet” (O’zMU nashri), “Moliya- chi” (Toshkent moliya in-ti nashri), “til va dunyo” (O’zbekiston jahon tillari un-ti nashri) va b. kiradi. Shuningdek, ayrim o’quv gaz,lari va axborot byulle- tenlari ham K.t.g.lar hisoblanadi. Mac, O’zMU jurnalistika f-tining “jurna- list” o’quv gaz.si, “Zarafshon-Nyumont” O’zbek-Amerika qo’shma korxonasining “ZARAFSHAN-NEWMONT” JV NEWS — Vestnik SP Zarafshan-Nyumont” ax- borot byulleteni va b. Norali Ochilov.