Kopeni chaatasi

Kopeni chaatasi (xakas- cha chaatas — jang toshi) — xakaslar- ning ajdodi Enisey qirg’izlarining mozorqo’rg’oni (7-8-a.lar). Eniseyning so’l sohili, Xakasiya (RF)dagi kopeni qishlog’i yaqinidan topilgan. Koyatosh bo’laqlaridan ishlangan, diametri 20— 30 m keladigan bir qator qo’rg’onlardan tashqil topgan. Ularda qabila zodagon- lari dafn etilgan; tevarak-atrofida od- diy qabila a’zolarining qabrlari joy- lashgan. 1939-40 y.larda L.A.Evtyuxova va S.V.Kiselev kazishma ishlari olib borganlar. Mayyitlar kuydirib dafn etilgan; qabrlar qad. zamonlarda va 18- a. boshida g’orat qilinib talangan. Biroq qazishmalar paytida qabrlar yonidan Xu- fiya joylar aniqlanib ulardan ajoyib san’at asarlari, jumladan, oltin idish, kumush tovoqda turgan 4 ta oltin ko’za, ot egarining ov manzarasi aks ettiril- gan jez to’qachalari topilgan. 2 oltin ko’zada qad. Urxun-Enisey alifbosida bi- tilgan yozuvlar bo’lib, unga ko’ra ko’zalar fuqarolarning bekka to’lagan solikla- ri o’rnini bosgan. K.Ch. buyumlari qad. mahalliy an’analar asosida mahalliy ustalar tomonidan yaratilgan.