Ko’peren (Couperin) Fransua

Ko’peren (Couperin) Fransua (1668.10.11 – Parij – 1733.12.9) -Fran- suz kompozitori, organchi, klavesin ij- rochisi. Mashhur frantsuz musiqachilari “Ko’perenlar” sulolasidan, zamondosh- lari unga — “buyuk K.”nomini berish- gan. Dastlabki musiqa saboqlarini o’z otasi (Sharl K.)dan olgan. Parijda- gi Sen-Jerve cherkovi (1685— 1723) va Frantsiya qiroli saroyida (1693 y.dan) organchi, klavesinda ham mohir ijrochi (1702-30). K.ning ijodi — klassisizm davridagi frantsuz musiqa san’atining cho’qqisidir. Uslubi — psixologik yorqin va muayyan programmali obrazlar, rang- barang kuylar, boy musiqiy bezaklar, kompozision mukammallikka asoslan- gan. Klavesin uchun 250 ga yaqin pesalar, kamer-cholg’u va organ uchun, shuningdek, diniy mavzudagi asarlar yaratgan. “Kla- vesin chalish san’ati” kitobining mu- allifi (1716). 12 jilddan iborat asari to’la nashr etilgan (Parij, 1932-33).