KO’PIK

KO’PIK — strukturalangan dispers sistemalar; bir-biridan yupqa suyuq dispers muhit pardasi bilan ajralgan gaz pufakchalari to’plamidan iborat. Ko’pik mexanik dispergirlashda (chayqatish va boshqalarda), kimyoviy reaktsiyalar natijasida (masalan, sodaning suvdagi eritmasi kislota bilan o’zaro ta’sirlashganda) va boshqalarda hosil bo’ladi. Uncha qovushqoq bo’lmagan toza suyuqliklar ko’piklanmaydi. Ko’pik hosil qilish uchun suyuqlikka ozroq Ko’pik hosil qiluvchi qo’shimchalar (spirt, sovun, sirt faol moddalar, oqsil moddalari va boshqalar) qo’shiladi. Ko’pik hosil qilish serg’ovak plastmassa, beton, shisha va boshqa qurilish materiallari olishda, oziq-ovqat sanoatida (etmak, ko’pirtirilgan tuxum oqi va boshqalar) zaruriy bosqich hisoblanadi. Uglerod (P)-oksidli turg’un Ko’pik o’t o’chirish vositasi sifatida ishlatiladi.