Ko’prin Aleksandr Ivanovich

Ko’prin Aleksandr Ivanovich [1870.26.8(7.9), Varovchat sh. — 1938.25.8, Leningrad] — rus yozuvchisi. Dastlabki asarlarida kambag’allar hayotini, ki- shilarning og’ir turmush tarzini Rea- listik tasvirlagan (“ofat” qissasi, 1896). Ijodida ijtimoiy-tanqidiy kayfiyatlarning kuchayishi “yakkama-yak- ka olishuv” (1905), “o’ra” (1909-15) qissalarida aks etgan. Nafis ifodalan- gan obrazlarning xilma-xilligi, lirik holatlari “Olesya” (1898), “Gambrinus” (1907), “yoqut ko’zli bilago’zuk” (1911) kabi qissa va hikoyalarida mujassam- lashgan. “Listrigonlar” ocherklar tur- ku mi (1907— 11) bor. 1919-37 y.larda muhojirlikda (asosan, Parijda) yashab, “Yunkerdar” (1928-32), “Janeta” (1932- 33) qissalarini, bir qancha ocherk va hikoyalarni yaratdi. Ularning ko’pchiligi esdaliklar asosida yozilgan. Uning ko’pgiva asarlari bo’yicha stsenariylar yozilib, ekranlashtirilgan. Asarlari chet tillarga, shu jumladan, o’zbek tiliga ham tarjima qilingan.