KO’RAKOYOQLILAR

KO’RAKOYOQLILAR (Scaphopoda) -dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasi- ning o’z. 3 mm dan 12 sm gacha, ikki to- monlama simmetriyali, shakli fil ti- shiga o’xshash yaxlit chig’anoq (o’z. 1,5 mm — 15 sm) b-n qoplangan. Chig’anoqning 2 uchida teshigi bor; oldingi teshigidan oyog’i b-n boshi chiqib turadi. O’simtaga o’xshash boshining uchki qismida og’iz te- shigi joylashgan. Boshidagi uchi to’mtoq mo’ylovlari sezish va oziqni ushlash va- zifasini bajaradi. Foram iniferalar va b. bentos hayvonlari b-n oziqlanadi. Oyog’i to’mtoq, konus shaklida. K. ayrim jinsli, tuxumlari tashqi muhit (suv)da urug’lanadi. Tuxumdan suvda so’zadigan troxofora lichinkasi rivojlanib chiqadi; lichinka 5-6 kundan so’ng suv ostiga cho’kib voyaga etadi. K.ning 1000 ga yaqin turi mavjud. K. suv tubidagi loyga ko’milib hayot kechiradi; loydan chig’anog’ining uchi chiqib turadi. Asosan, tropik dengizlarda tarqalgan.