Koreya xalq demokratik respublikasi

Koreya xalq demokratik respublikasi, KXDR (Choson Minjujuui Inmin Konghwaguk) — Uzoq Sharkda, Koreya ya.o.ning shim. va qisman materik- da, 38-paralleldan shim. da joylashgan davlat. Mayd. 120,54 ming km2. Aholisi 21,96 mln. kishi (2001). Poytaxti — Pxenyan sh. Ma’muriy jihatdan 9 VI- loyat (province)ra va viloyat maqomiga ega bo’lgan 2 shahar (Pxenyan va Keson)ga . bo’linadi. Rasmiy tili — koreys tili. Yirik shaharlari: Pxenyan, Hamxin, Vonson, Xinnam. Davlat tuzumi. KXDR — sosiali- stik davlat. Amaldagi Konstitusiyasi 1972 y. 27 dek.da qabul qilingan. Unga keyinchalik o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan. Quyidagi hokimiyat organ- lari amal qiladi: Oliy xalq Majlisi (OXM) va uning doimiy kengashi, Mu- dofaa qo’mitasi, Vazirlar Mahkamasi (sobiq ma’muriy kengash), joylardagi xalq majlislari va xalq qo’mitalari. Prezident lavozimi va Markaziy xalq qo’mitasi bekor qilingan. Ularning va- kolatlari OXM va uning doimiy ken- gashiga taqsimlandi va qisman vazir- lar Mahkamasiga topshirildi. Mudo- FAA qo’mitasining raisi (1993 y. 9 apr. dan kim Chen ir) oliy davlat lavozimi bo’lib, KXDRning siyosiy, harbiy va iqtisodiy kuchlariga rahbarlik qiladi. Tarixi. Konstitusiyaga binoan, KXDR — “suveren sosialistik davlat” bo’lib, o’z faoliyatida Chuchxe g’oyalariga amal qiladi (“Chuchxe” — mustaqillik ma’nosini bildiradi hamda “inqilob va qurilishdagi” barcha masalalarni o’z kuchlariga tayanib, mamlakat voqeligiga monand ravishda mustaqillik mavqeida hal qilishni ko’zda tutadi). Xalqommasi “buyuk dohiy” kim ir senga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalanib keldi, uning vafotidan so’ng o’g’li va vorisi Kim Chen irga itoatgo’ylik ruhida tarbi- yalana boshladi. KXDRda juda qattiq in- tizomga rioya etiladi, aholi har qanday tashqi ta’sirdan muhofaza qilinadi. 1945-48 y.larda shim. Koreyada er islohoti o’tkazildi, sanoat, transport, aloqa, banklar, tashqi savdo davlat IX- tiyoriga olindi. 1950-53 y.lardagi urush mamlakatga katta zarar etkazdi, xo’jalik qurilishini to’xtatib qo’ydi. Urushdan keyingi yillarda Sharqiy Evropa, sobiq SSSR, Xitoy ko’magi b-n 200 ga yaqin xalq xo’jaligi inshootlari qurildi. Shahar va qishloqsa sosiali- stik islohotlar tugab (1958), Industri- yalash sohasidagi asosiy vazifalar hal etilgach (1970), mafko’raviy, texnikaviy va madaniy inqilobni jadallashtirish yo’li boshlandi. Jan. b-n o’zaro kurash keskinlashgan sharoitda xo’jalik va mu- dofaa qurilishini bab-baravar olib bo- rish, mustahkam moddiy-texnika bazasi- ni vujudga keltirish vazifasi qo’yildi (1980). Milliy bayramlari — 16 Fev. — Kim Chen Irning tug’ilgan kuni (1942); 15 apr. — Quyosh bayrami (kim ir Senning tug’ilgan kuni, 1912); 9 sent. — KXDR tashqil etilgan kun (1948). O’zR b-n Di- plomatiya munosabatlarini 1992 y. 7 Fev. da o’rnatgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. K. Mehnat partiyasi, 1945 y. da asos solingan. 1946 y.gacha K. Kommunistik partiyasi. 1946 y.da shim.dagi yangi xalq partiyasi hamda Jan.dagi Xalq va yangi xalq partiyalari b-n birlashib, shim. Koreya mehnat partiyasi va Jan. Koreya Mehnat partiyasi vujudga keldi. 1949 y.da ular yagona Koreya mehnat partiyasi bo’lib birlashdi; K. Sosial-demokratak partiyasi, 1945 y.da tuzilgan, K. Bir- lashgan demokratik Vatan frontiga kira- Di; chxondogyo—Chxonudan partiyasi (sa- moviy yo’l dini yosh do’stlari partiyasi), 1946 y.da asos solingan, K. Bir- lashgan Demokratax Vatan frontiga ki- radi; K. Birlashgan demokratik Vatan fronti — K. vatanparvar partiyalari va tashqilotlarining umummilliy fronti, mamlakat birligi va demokratik rivoj- lanishi uchun kurash shiori ostida 1949 y.da tuzilgan. K. Birlashgan kasaba uyush- malari, 1945 y.da tuzilgan. Jahon ka- saba uyushmalari federasiyasiga kiradi. Xo’jaligi. KXDR — industrial- agrar mamlakat. 2-jahon urushidan key- in mamlakatda og’ir industriya asosla- rini yaratish: metallurgiya, energetika, konchilik, kimyo, qurilish material- lari, avtomobilsozlik, stanoksozlik korxonalarini barpo etish yo’li tutil- Di. Q.x. sohasida davlat va kooperativ xo’jaliklari tashqil etildi. Sanoati. Oziq-ovqat sanoati, hunarmandchilik va mahalliy sanoat kor- xonalari mavjud. Bu erda rangli, qora, asl metallar, toshko’mir, temir ruda- si, volfram, qo’rg’oshin-rux, molibden, alyuminiy rudalari, grafit, magnezit va b. foydali kazilmalarning zahiralari bor. Iqtisodiyotining asosi og’ir sanoat, etakchi tarmoqlari — elektr energetika, qora va rangli metallurgiya, konchilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari i.ch., mashinasozlik; engil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yiliga o’rtacha 53,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Lekin shunga karamay, 2000 y. arafasida xalq xo’jaligi tang ahvolga tushib qoldi: iqtisodiyot boshi berk ko’chaga kirib qolgan, sanoat notekis ri- vojlangan, texnikaning rivoji orqada qolgan, iste’mol mahsulotlari i.ch. da- rajasi past, elektr energiya, yoqilgi, xom ashyo, oziq-ovqat tanqis. Qishloq xo’jaligi. Don etishtirish q. x. ishlab chiqarishining asosini tashqil etadi. Sholi (haydaladigan erlarning 50%) va makkajo’xori — asosiy q.x. ekinlaridir. Bug’doy, arpa, soya, paxta, qand lavlagi, kartoshka, tamaki va b. ham ekiladi. Sabzavotchilik, bog’dorchilik, parrandachilik, baliqchilik, pillachilik mavjud. Kesonda jenshen plantasi- yalari bor. Chorvachilik unchalik rivoj- lanmagan. Mamlakat butun hududining 18%, ya’ni 2,27 mln. ga erda dehqonchilik qilinadi, 9 mln. ga er o’rmon b-n qoplangan. Keyingi yillarda q.x. ishlab chiqarishi surunkali inqirozga duchor bo’ddi. Donli ekinlar, avvalo asosiy mahsu-lot bo’lmish sholi hosili pasayi- shi aholini oziq-ovqat b-n ta’minlashni mushkullashtirdi. Mamlakatda aholini oziq-ovqat va xalq iste’mol mollari b-n belgilangan me’yorda ta’minlash tizimi saqlangan. Transporti. Yuklarning 90% yaqini t.y.da tashiladi. T.y.lar uzunligi — 9 ming km, avtomobil yo’llari uz. — 23 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 951 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo va b. Pxenyan yaqinidagi Sunan degan joyda xalqaro aeroport bor. Amnokkan, Chxonchxongan, Tedongan va Tumangan daryolarining quyi oqimida kema qatnaydi. Tashqi savdosi unchalik rivojlan- magan. Chetga, asosan, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, suyuq yoqilg’i, koks, prokat, paxta tolasi, o’g’it, xalq iste’mol mollari sotib oladi. Sav- do-sotikdagi asosiy mijozlari: Xitoy, Rossiya va b. Pul birligi — vona. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Yaponiya hukmronligi davrida maktabda darslar yapon tilida o’qitilgan. 1945 y.dan yangi 4 y.lik MAK- tablar ochildi. Darslar ona tilida yangi dastur asosida olib boriladigan bo’ldi. 1958 y.dan o’qish bepul. 1975 y.dan maj- Buriy 11 y.lik ta’lim joriy etilgan. KXDRda 10 mingdan ko’proq umumiy ta’- lim maktabi, 600 texnika bilim yurti va 200 dan ortiq oliy o’quv yurti bor. Eng yirik oliy o’quv yurti — kim ir Sen no- midagi Pxenyan un-ti. Pxenyanda KXDR Fanlar akademiyasi va Hamxinda uning filiali, tibbiyot fanlari, q.x. fanla- ri, ijtimoiy fanlar, o’rmon-tex-Nika akademiyalari mavjud. Kutubxona va muzeylari: Davlat Markaziy kutubxona- si (1947), FA kutubxonasi (1952), Mar- kaziy tarix muzeyi, K. inqilob muzeyi (1948), Ozodlik urushi muzeyi (1953), Etn. muzeyi (1956), nafis san’at marka- ziy muzeyi. Vonsan, Hamxin, Sarivon va b. shaharlarda ham muzeylar bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: “Koreya” (koreys, rus, Xitoy, ingliz, frantsuz va ispan tilida nashr etila- digan oylik jur., 1956 y.dan), “nodon Sinmun” (“ishchi gazetasi”, kundalik gaz., 1945 y.dan), “Minchju Choson” (“De- mokratik Koreya”, kundalik gaz., 1946 y.dan) “Choson inmingun” (“Koreya xalq, armiyasi”, kundalik gaz., 1948 y.dan), “Chxollima” (“qanotli ot”, oylik jur., 1959 y.dan), “Killochja” (“mehnatkash”, oylik jur., 1946 y.dan), “Choson esul” (“Koreys san’ati”, oylik jur.) va b. K. Markaziy telegraf agentligi 1946 i. tashqil etilgan. K. Markaziy radio qo’mitasi va Markaziy televideniesi mavjud. Radioeshittirishlar koreys, shuningdek, rus, ingliz, frantsuz, ispan, yapon, Xitoy tillarida olib boriladi. Pxenyanda telemarkaz 1967 y.dan ishlay- Di. Adabiyoti. 2-jahon urushidan key- in shim. K.da adabiyotni sosiali- stik realizm yo’lidan rivojlantirish rag’batlantirildi. 1946 y.da koreys yozuv- chilari shim. K. Adabiyot va san’at arbo- blari assosiasiyasiga birlashdi. Katta avlod b-n bir qatorda yosh shoirlar adabi- yotga kirib keldi. Ular “yangi turmush”ni, “SSSR b-n do’stlik”ni madh etishdan boshqa ilojlari yo’q edi. Shunday tsha- roitda ham iste’dodli qalam sohiblari xalq tarixini haqqoniy yoritishga in- tildilar. Cho gi Chxon “Pektusan tog’i” dostonida yaponiyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakatini, Chxve Myon ik, Chxon Se Bon hikoya va ocherklarida, Li Gi yon “er” romanida qishloq turmushi- ni aks ettirdi. Li Buk Myon, Xvan Gon va b. yozuvchilar ishchilar haqida asarlar yaratishdi. Shoirlar orasida Pak Pxar Yan, Min Byon Gyun, Pak Se Yon, An Nyon Mon, Cho gi Chxon 1950-53 y.lar urushi haqida vatanparvarlik ruhidagi asarlar yozishdi. Urushdan keyin roman adabiyot- ning asosiy janri bo’lib qoldi. Yun Se Jun, Chxon Se Bon va b. dolzarb zamona- viy muammolarni ko’tarib chikdi. Li Gi Yon, Chxve Myon ik, Pak Txe Von tarixiy romanlar yaratishdi. 60-y.lardan esdalik adabiyoti keng yoyildi. Keyingi yillar- da dunyo yuzini ko’rgan salmoqli asarlar orasida ko’pchilik bo’lib yozilgan “qon dengizi”, “soqchining taqtsiri” kabi asarlarni ko’rsatish mumkin. Me’morligi. 1940-y.lar oxiridan shaharsozlik rivojlandi. Pxenyanning bosh rejasi ishlab chiqildi. 1950— 53 y.lardagi urushda vayron bo’lgan shaharlar (Hamxin, Vonsan, Sarivon, Keson, Nampxo va b.) qayta tiklandi. Sanoat va gidrotexnika inshootlari, maktab, kasalxona, madaniyat saroylari qurishga kirishildi. Dastlabki payt- larda o’rta asr koreys me’morligi an’a- nalaridan foydalanildi (Pxenyan Kat- ta teatri). 60-y.larning 2-yarmidan yangi qurilish materiallari va konstruktsiya- lari joriy etildi, ixcham rejalangan, qulay va chiroyli binolar (kim ir Sen nomidagi un-t) qad ko’tardi, tipovoy loyihalar asosida ko’p qavatli turar joylar qurildi. Qishloq joylarda Kot- tejlar, blokli va sektsiyali uylar barpo etilgan. Kurortlar qurilishiga e’tibor berildi. Me’morlar orasida kim jon XI, Li Xyon, Pak Ik Xvan. Sin Sun Gen va b.larni ko’rsatish mumkin. 1954 y.da K. me’morlar uyushmasi tuzilgan. Tasviriy san’ati. 1946 y.da tashqil etilgan adabiyot va san’at arboblari assosiasiyasi milliy rangtasvirni ti- klashni maqsad qilib olgan edi. 1950— 53 y.lardagi urush davrida rassomlar, asosan, tashviqot-targ’ibot ruhidagi varaqa va plakatlar yaratishdi. Milliy an’analarni davom ettirish b-n birga zamonaviy mavzularga murojaat etayotgan rassomlar orasida Li Chxon, Chxve gen, Li Sok Xo, Kim Yon Jun, Chon Yon Man, haykaltaroshlardan Mun Sok o, Cho Gyu Bonlar bor. Qad. kulollik, chinnisozlik, suyak va yog’och o’ymakorligi, bambuk tolasi- dan to’quvchilik, kashtachilikda xalq ama- liy san’ati saqlanib qolgan. 1953 y.da rassomlar uyushmasi tuzilgan. Musiqasi. K. ozod etilgandan keyin (1945) dastlab ommaviy qo’shiqlar ri- vojlandi. Xalq qo’shiqlarini yig’ish, o’rganish va ommalashtirishga kirishil- Di. 1946 y. Musiqachilar uyushmasi tuzil- Di. Katta shaharlarda musiqa o’quv yurt- lari (Pxenyanda konservatoriya), kon- tsert zallari, musiqali teatrlar ochildi. Filarmoniya, katta simfonik orkestr va b. musiqa jamoalari tashqil etildi. Simfonik va kantata-oratoriya janr- lari, xalq mu-siqiy dramasi (chxangik), zamonaviy opera (kagik) va balet rivoj topdi (kompozitorlar Li Myon San, Xvan Xak Kin, Li Gon U, Pak Ton Sil, Kim Yon Gyu). Teatri. 1947-49 y.larda Pxenyanda Davlat teatri (hoz. “Chxollima” davlat drama teatri), Davlat xalq badiiy te- atri (hoz. Pxenyan sh. teatri), K. xalq armiyasi huzuridagi truppa ochildi. Viloyatlarda teatrlar ishlab turibdi. Maishiy, tarixiy asarlardan tashkari, Yaponiya mustamlaka hukmronligi yilla- ridagi ozodlik harakatiga ba-g’ishlangan pesalar sahnalashtirilgan (“Pusan”, “Pochxonbo mash’ali”, “onamiz” kabi spektakllar). Kinosi. 1947 y. kinostudiya tashqil etildi, uning asosida badiiy va huj- jatli filmlar studiyasi ochildi (1958). KXDRda birinchi badiiy film — “Mening Vatanim” 1949 y.da ishlab chiqarildi. 1950 y.da “domna pechi”, “Che- garachilar” filmlari yaratildi. Shim. — Jan. urushi yillarida “yosh parti- zanlar”, “ona yurt himoyachilari” va b. filmlar suratga olindi. 1957 y. “Oga- inilar” rangli filmi yaratildi. 1959 y. Pxenyan teatr va kino in-ti ochildi. 1961 y. KXDR kinematografchilar uyush- masi tashqil etildi. Keyingi yillardagi eng yaxshi koreys filmlari orasida “Sadoson qal’asi haqidagi rivoyat”, “Ayriliqda yashab bo’larmi”, “Humo qushi”, “qizil gul”, “Besh aka-uka”, “o’rmon shovqini” va b. bor. O’zbekiston — KXDR aloqalari. 1994 y.dan buyon O’zR b-n KXDR o’rtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mada- niy hamkorlikka oid huquqiy negizni yaratish sohasidagi ish davom etayotir. 1995 y.da o’zbek va koreys tomonla- ri “havo qatnovi sohasida hamkorlik to’g’risida bitim” va “qishloq xo’jaligi sohasida hamkorlik haqida bitim” deb atalgan hujjatlarni kelishib oldilar. Ikki mamlakat o’rtasida savdo-sotiq yo’lga qo’yila boshladi. Tovar aylanmasi 1998 y. dagi 2,3 mln. AKSH dollaridan 1999 y.da 6,7 mln. dollarga etdi. O’zRda KXDR sarmoyasi ishtirokida 2 ta sho”ba korxona va 2 ta qo’shma korxona ro’yxatga olingan. Chunonchi, “Rinrado”, “K. U. Rin- Rado”, “Choson-Sik-reksul” va “safar” korxonalari xalq iste’mol mollari i.ch., xarid qilish va sotish b-n shug’ullanadi.