Koreys tili
Koreys tili — koreyslarning tili. Oltoy tillariga, ba’zan to’ngus- manjur tillariga kiradi, deb taxmin qilinadi. KXDRning hamda Koreya Re- spublikasining rasmiy tili. Bu tilde 60 mln. kishi so’zlashadi (1992). Uning genetik jihatdan boshqa tillar b-n bog’liqligi aniqlanmagan. K.t.ning shim.-Sharqiy, shim.-g’arbiy, Markaziy, Jan.-Sharqiy, shim. va Jan. shevalari bor. K.t.da 40 fonema (19 undosh, 21 unli) mavjud. Morfologik jihatdan agglyu- tinasiya rivojlangan. Fe’l zamonlari hozirgi, 2 o’tgan va 2 kelasi zamon shak- llaridan iborat. Son kategoriyasida bir- lik va ko’plik shakllari farqlanmaydi. Nisbat kategoriyasi hamma fe’llarga xos emas. Leksikasida Xitoy tilidan, san- skrit, mo’g’ul va ba’zan Evropa tillari- dan o’zlashgan so’zlar bor. K.t. 1993 y.gacha “standart til”, 1966 y.da “madaniy til” (munxvao) deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qo’llanib kelinadi. KXDRda koreys yozu- VI, Koreya Respublikasida xitoykoreys aralash yozuvi qo’llanadi.


