Ko’rish do’mbog’i, talamus

Ko’rish do’mbog’i, talamus -orqa miyaning asosiy qismi; tuxum shaklidagi kulrang modda (nerv hujayralari va la- urning tolalari)dan iborat bo’lib, bosh miya yarimsharlari bag’rida joylashgan. K.D. oldingi, ichki va tashqi qismida joylashgan bir necha yadroga ega. K.D. va- zifasi juda murakkab, bu erda orqa miya va miyaning boshqa qismlaridan bosh miya po’stlog’iga boruvchi hamma sezgi nerv- lari almashinadi, ya’ni sezgini olib keluvchi nerv tolasi shu erda tugab, un- dan yangi nerv tolalari orqali sezgilar bosh miya po’stlog’iga boradi. K.D.ning orqa qismida po’stloq osti ko’rish Mar- kazi bor, u sezgilarni analiz qilib, me’yorida bosh miyadagi markazga o’zatadi. K.D.ning old qismi hid bilish sistema- sini hosil qiladi. Do’mboq osti sohasi moddalar almashinuvini, issiq-sovuqni tartibga solib turadi. Organizm ichki muhitining doimo bir xilda idora etilishini ta’minlaydi. K.D.ning FA- oliyati buzilsa, odamning ruhiy holati (kishi sababsiz kuladi yoki yig’laydi) va organizm harorati (goh ko’tarilib, goh pasayadi) o’zgaradi.