Koriz

Koriz (fors.) — er osti suv- larini yig’ish va ularni er yuzasiga chiqarish uchun quriladigan er osti in- shooti; aholini suv b-n ta’minlash va sug’orish maqsadlarida qo’llaniladi. K. Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. O’rta Osiyoning tog’li va tog’ oldi zonalarida uchraydi. Turkmaniston (Ashxobod sh. yaqinida chuq. 100 m, suv sar- Fi 150-225 l/s), O’zbekistonning bu- xoro, Samarqand, Navoiy viloyatlarida 200 ga yaqin K. qazilgan. 20-a.ning 20-y. lariga qadar O’rta Osiyoda K. suvlaridan ekinlarni sug’orishda foydalanilgan. K. kavlash er osti suvlari sathida ro’y be- radigan o’zgarishlar va joy relefidagi nishablikni aniq belgilashni talab et- gan. Bu maxsus asboblar (astrolyabiya, va- terpas) vositasida amalga oshirilgan. K. trassasi belgilab chiqilgach, shu trassa bo’ylab har 5-40 m da quduqlar kavlan- gan. Quduqlarning chuq. 14-15 m dan ba’zan 60-70 m gacha borgan. Quduqlar suvli qatlamga tutashadigan lahim (tunnel) orqali bir-biriga bir- lashtirilgan. Lahimning bal. 1,5 m, eni 1 m bo’lib, devorlari yog’och yoki toshlar b-n mustahkamlangan, uzunligi joy Nisha- bligiga qarab bir necha km gacha cho’zilgan. Mas, Nurota (Navoiy viloyati)dagi “Ma- ston” nomli K.ning 280 qudug’i bo’lib, bosh qudug’ining chuq. 14 m va lahimning o’z. 3 km bo’lgan. K. qurilishi davrida bu quduqlar tuproq-shag’alni chiqarib tash- lashga, K.ni ishlatish davrida esa kuza- tish (nazorat), tiklash, tuzatish va havo almashtirish uchun xizmat qiladi. O’rta hisobda 1 m uzunlikdagi suv yig’uvchi quduq 0,3—0,6 l/s suv beradi. K. kavlashda bir qancha korizchi jamoalar oylab va yillab lahim hamda quduqlar qazib, minglab kubometr tuproq va shag’al qazib chiqargan. Nurotada qadimgi K.lardan ko’pi ko’milib ketgan. Mastak, Zulm, Zulfiqor, Mozor, Xayrobod, Sul- ton, Maston, ko’nchi, Begli, Tayla, Koriz- chi singari 30 dan ortiq K. bo’lgan. Ayrim K.larning nomidan ularning qazilish tarixi, yili chiqadi. Mas, Zulm K.ning nomidagi harflar yig’indisidan abjad hisobida hijriy 970— mil. 1533-1534 y.lar va Zulfiqor K.dan hijriy 1118— mil. 1706 yoki 1707 y. raqamlari chiqadi. Masharif Boqiev.