Korjavin Boris Dmitrievich

Korjavin Boris Dmitrievich (1892.28.9, hoz. RF Kostroma viloyati Buy sh. — 1984.24.11, Toshkent) — gi- drotexnik olim, O’zbekiston FA mux- bir a’zosi (1950), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan irrigator (1950). Leningrad politexnika in-tini tugatgan (1925). 1925-40 y.larda O’zbekistondagi suv xo’jaligi idoralarida bosh muhandis la- vozimida ishladi. Katta Farg’ona kapali qurilishida (1940) muhandis, O’zSSR suv xo’jaligi xalq komissari o’rinbosari va xalq komissari (1941 -46), “Sredazgi- provodxlopok” tresti Amudaryo ekspedi- tsiyasi direk-tori o’rinbosari (1946-51), O’zSSR suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari (1954-58), “Sredazgiprovodxlopok” in-ti direktori (1958-62) bo’lgan. 1966 y.dan O’zSSR FA ishlab chikaruvchi kuch- larni o’rganish Kengashining irrigasiya sektorida katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari qadimdan sug’oriladigan erlar- ning Gidromeliorativ tarmoqlarini qayta tiklash va Zarafshon daryosi vo- diysida sug’orishni rivojlantirish ti- zimini ishlab chiqish masalalariga ba- gishlangan.