KORNBERG (KORNBERG) ARTUR

KORNBERG (KORNBERG) ARTUR (1918. 3.3, Bruklin) — amerikalik biokimyogar. Rochester universitetini tugatgan (1941). Stanford universiteti biokimyo bo’limi boshlig’i (1959 yildan). DNK-polimeraza fermentini kashf etgan va uning yordamida biologik faollikka ega bo’lgan DNK molekulasini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1959; S. Ochoa bilan hamkorlikda).