Kornel (Corneille) Per
Kornel (Corneille) Per (1606.6.6, Ruan — 1684.1.10, Parij) — frantsuz dramaturgi, klassisizmning asoschila- ridan biri. Frantsiya akademiyasining a’zosi (1647 y.dan). Ijodining dastlab- ki davrida (“Melita”, “beva” va b.) ko- mediyalar yozgan (1969-36). “Sid” (1637), “Medeya” (1639), “Gorasiya” (1641) kabi tragediyalari mashxur. K. bu asarlari- ni yaratishda antik davr ijodkorlari asarlariga, shuningdek, muayyan tarixiy voqealar hamda tarixiy shaxslar faoliya- tiga tayangan. Bundan tashqari, K. “Yinna yoki avgust marhamati” (1643), “Pompey- ning ulimi” (1644), “Iraqliy yoki Sharq sultoni” (1647), “Edip” (1659), “Otton” (1665), “Attila — xunnlar shohi” (1667), “Tit va Berenika” (1677) va b. dramalar muallifi. Asarlarida frantsuz klassi- tsizmi yaxlit holida namoyon bo’lgan. Dra- maturgiya to’g’risida “muqokama” (1660) nomli ilmiy-nazariy asar ham yozgan.