Koro (Corot) Kamil
Koro (Corot) Kamil (1796.16.7 -Pa- Rij — 1875.22.2) — frantsuz rassomi, frantsuz realistik manzara janrining asoschilaridan. Italiyada bo’lgan (1825— 28, 1834,1843), 1862 y.da Belgiya, gol-landiya, Londonga o’quv safarlari b-n borgan. K. ijodiga tabiatga qiziqish, uni lirik his etish xos. Ijodini klas- sik an’analarda manzaralar yaratish b-n boshlagan (“Venesiyada tong”, taxm. 1834; “Gomer va cho’ponlar”, 1845 va b.), 1850-y.lardan K. asarlarida ko’tarinki ruh, etuklik, orzu ohanglari kuchaydi, tabiatni o’zgaruvchan holatini ifoda- lashga, lahzani muhrlashga, ilk taassu- rotlar sofligini saqlashga intildi (“Sevr yo’li”, 1855-60; “Mortefonten xotiralari”, 1864; “shamol xuruji”, 1865-70 va b.). 1860 y.dan atrof muhit b-n uyg’unlashgan portretlar yaratgan. K., shuningdek, rasm, litografiya, ofortlari b-n ham mashhur.