Korporasiya

Korporasiya (lot. corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — ri- vojlangan yirik aktsiyadorlar jamiyati, biron bir faliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. K. bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. 19-a. o’rtalarida paydo bo’lgan. Hoz. bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar- da xo’jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. K.lar negizini AK- tsiyadorlik jamiyatlari tashqil qiladi. 20-a.ning 2-yarmidan xalqaro K.lar keng rivoj topdi. Aksariyat hollarda K.lar bir xil mahsulotlarning asosiy ish- lab chikaruvchilarini birlashtiradi, natijada i.ch. monopollashadi. Ayni paytda K. investisiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy- texnika taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy tsiklini ta’minlaydi. Mulk egaligi maqomiga ko’ra, davlat, xususiy, aralash (qo’shma) K.larga, tarmoqlar bo’yicha sa- noat, q.x., transport, aloqa va b. turdagi K.larga bo’linadi. Rivojlangan mamla- katlarda sanoat tarmoqlari K.ga uyushgan hollar ko’p uchraydi (mas, “DEU” korpo- rasiyasi). O’zbekistonda birinchi K.lar 20-a.ning 90-y.laridan boshlab sanoat- ning turli tarmoqlarida paydo bo’ldi.