Korrektura
Korrektura (lot. correctura — to’g’rilash, yaxshilash) — bosmaxonada yoki boshqa usullar b-n ko’paytirish uchun tayyorlangan matn va grafik material- lardagi xato va kamchiliklarni tuzatish jarayoni. K. uchun terilgan harflardan yoki bosma qolipdan ottisk (mas, vyorstka, granka) olinadi. Bu ottisk asl nusxa (original) ga solishtirib o’qiladi va yo’l qo’yilgan xatolar standartdagi korrektu- ra belgilardan foydalanib ko’rsatiladi (rasmga q.) va shunga ko’ra operator (harf teruvchi) xatolarni tuzatadi. K. 4 turga bo’linadi: bosmaxona K.si; original-maket asosida chop qilinadigan nashr K.si; nashriyot K.si: reproduktsiya bosma qolipi K.si. Bosmaxona K.si va original-maket asosidagi nashr K.si da harf terish (naborning) barcha jarayonla- ridagi xatolar tuzatiladi. Nashriyot K.si muallif, muharrir va texnik muharrir tuzatishlaridan iborat. Reproduktsiya bosma qolipi K.si da bir yoki ko’p bo’yoqli namuna ottiski olinib, asl nusxa (mas, muzeydagi kartina va b.) b-n solishtiri- ladi va tuzatishlar (maxsus belgilarsiz) ottisk chekkasida ko’rsatiladi.