Korrelyasiya
Korrelyasiya (genetikada) –bir butun organizmda belgilarning o’zaro bog’liqligi. K. asoslarini birinchi marta J. Kyuve bayon etgan (1800-05). K.ning evolyusion ahamiyatini Ch.Darvin asos- lab bergan (1859). K. o’zgaruvchanlikning muhim unsuri bo’lib, organizmning ri- vojlanish tarzi va evolyusiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Korrelyasion bog’lanishlar mutlaq bo’lmay, tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash b-n boshqarilishni ta’- minlaydi. Genetik K. (genlarning bi- rikkanligi yoki ularning pleyotrop ta’- siri sabab bo’ladi), paratipik K. (o’zaro bog’liq belgilarning muhim sharoitla- riga bo’lgan reaktsiyasi), fenotip i k va b. K.lar farqgtanadi. K.ning fenotipik, genetik va paratipik koeffisienti ko’rsatkichlari o’zaro muvofiq kelmaydi, ba’zan esa boshqa-boshqa yo’nalishga ega bo’lishi mumkin. Selektsiya sxemalari va tanlash yo’na-lishini to’g’ri tuzishda Ge- netik K.ni bilish katta ahamiyatga ega. Korrelyativ bog’liqlik sifat (morfolo- gik) hamda miqdoriy belgilar bo’yicha ku-zatiladi. Mikdoriy belgilar rivo- jini nazorat qiluvchi poligenlar yagona birikish guruhlarida bo’lishi va kom- pleks irsiylanishi mumkin. Madaniy ekinlarda ko’pgina qimmatli xo’jalik belgilar o’zaro salbiy K.ga egaligi aniqlangan. Xususan, g’o’zada genetik K. kuchi o’rtacha, tola miqdori (chiqishi) va indeksi tola uzunligi va chiziqli zich- lik b-n, ertapisharlik hosildorlik b-n, tolaning sifati ko’sakning og’irligi b-n, 1000 dona chigit massasi tolaning chiqishi b-n o’zaro teskari nisbatga ega. Salbiy aloqadorlikning mavjudligi se- lektsiya ishlarini qiyinlashtiradi, chun- ki bir belgini yuzaga chiqarish uchun olib borilgan intensiv tanlash boshqa belgi- larning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun sal- biy K. mavjud bo’lgan hollarda tanlash kompleks belgilar bo’yicha o’tkazilishi kerak. O’rin almashishi mumkin bo’lgan rekombinantlarni topish uchun kattagi- na populyasiyalar b-n ishlash, mutagen- larning samarali ta’siri talab etila- Di. Xususan, ertapisharlik b-n boshqa qimmatli xo’jalik belgilar o’rtasidagi salbiy K.ni bartaraf etish mumkin. Mas, dastlabki ertapishar g’o’za navlarining ko’sagi mayda (4 g atrofida), tola chiqishi 28%, tola o’z. 26-28 mm dan oshmas edi. Hoz. rayonlashtirilgan g’o’za navlarida (S-6524 Yulduz, Gulbahor, Toshkent 6, Buxoro 6, Namangan 77 va b.) duragaylash, mutagenez va sun’iy tanlash usullaridan foydalanib, K. bog’lanishlarini bo’zish asosida ertapisharlik b-n ko’sakning yirikligi, tolaning uzunligi va pishi- kligi, navning serhosilligi kabi belgi- larni uyg’unlashtirishga erishilgan. Ge- netik K. muammolari genetik-matematik usullar, xususan, kovariasion tahlil yordamida tadqiq qilinadi. Miradham Abzalov, Bahodir Norma- tov.