Korset
Korset (Frans. corset) — 1) qaddi-qomatni raso tutish uchun ko’krak qafasining pastki qismi va qorinni tortib ushlab turadigan maxsus moslama; 2) umurtqa pog’onasi singanda, kasallan- ganda va qiyshayganda qo’llaniladigan maxsus ortopedik moslama. K. protezor- topedik korxonalarda turli xil Mate- riallar (charm, gips, plastmassa, mato va h.k.) va chetlari metalldan qilinadi. K. tanaga yopishib turishi kerak, shuning uchun uni bemordan olingan qolipga qarab tayyorlanadi. Ushlab turuvchi, engillik tug’diruvchi va to’g’rilovchi K.lar bor. Ushlab turuvchi va engillik tug’diruvchi K.lar umurtqa pog’onasi singanda va u operasiya qilingandan keyin buyuriladi. K., ko’pincha umurtqa pog’onasining bel- dumg’aza bo’limi kasalliklari (mas, bel umurtqasi siljiganda, osteoxondroz, spondilolistez va h. k.) oqibatida bel og’riganda qo’llaniladi. To’g’rilovchi K. umurtqa pog’onasi yonga bir oz qiyshaygan (skolioz) bolalarga umurtqa pogonasi butunlay qiyshayib qolishining oldini olish maqsadida buyuriladi. K.ni vrach tayinlaydi va to’g’ri kiyilganligini tekshiradi, kiyib yurish muddatini ay- tadi va nazorat qilib turadi. K.ni uzoq, vaqt taqib yurilganda gavda muskulla- ri zaiflashib qolishi mumkin, shuning uchun umurtqa pog’onasi qanchalik shikast- langaniga va kasallik bosqichiga qarab (vrach tavsiyasi b-n) shifobaxsh gimnasti- ka b-n shug’ullanish va gavda muskullari- ni massaj qilishi kerak. K. toza turish uchun trikotaj ko’ylak yoki mayka ustidan kiyiladi. Plastmassa K.ni yuvsa bo’ladi.