Kort

Kort (ing. court — hovli) — ten- nis o’ynaladigan maydon. Yakkalik o’yinlar uchun K.ning o’lchami 23,77 x 8,23 (juftliklar uchun 23,77×10,97) m bo’lib, ko’ndalang chizig’i o’rtasiga me- Tall chilvir yordamida to’r tortiladi. To’rning maydon o’rtasidagi bal. 0,914 m, chekka ustunlari oldidagi bal. 1,07 m. Markaziy chizikdan 6,4 m uzoqlikda uzatish chizig’i chegarasi o’tkaziladi va bu may-donchalar teng 2 ga bo’linadi. Chi- ziklarning kengligi 5 sm. K.ning orqa chizig’idan 6,4 m gacha, yon chizig’idan 3,7 m gacha o’yin maydoni bo’lishi lozim. Koptok ketib qolmasligi uchun maydon to’r b-n o’raladi. K.lar qumli, maysali, qattiq va sintetik qoplamali bo’lishi mumkin. Dastlabki K. Frantsiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan, 1529 y.da Parij- da bunyod etilgan. Toshkentda ilk K. 1903 y.da qurilgan. Hoz. kunda O’zbekistonda 530 ta kort bor (2002). Toshkent sh.dagi “Yunusobod”, “Dinamo” va viloyatlar markazlaridagi K.lar jahon andozalari- ga javob beradi.