KORTES (CORTES) ERNAN

KORTES (CORTES) ERNAN (1485-1547) — ispan konkistadorlaridan biri. Kortes 1504-19 yillar Kubada xizmat qilgan; Meksikada ispan hukmronligini o’rnatilishiga olib kelgan bosqinchilik yurishi (1519-21) ni boshqargan; yangi Ispaniya (Meksika) gubernatori (1522- 28), general-kapitani (1529-40); tinch okeanidan Atlantika okeaniga o’tishning dengiz yo’lini topish maqsadida Markaziy Amerikani kesib o’tgan (1524). 1540 yil Ispaniyaga qaytib, shu yerda vafot etgan.