KOSAGUL
KOSAGUL, soqiy — tuy, ziyofat (bazm)da juralar (davra)ga may (ichimlik) quyib uzatuvchi kishi. Kosagul bundan tashqari, o’zining yoqimli muomalasi va shirinsuxanligi bilan jo’ralarni xursand qilish, bazmga zavq va Fayz kiritishi ham lozim. Ba’zan juralarga qadah o’zatganda, Kosagul maxsus kuy bilan badiiy parchalar (“Alyor”) aytadi.