Kosbergenov Rzambet Kosbergenovich

Kosbergenov Rzambet Kosbergenovich (1905-1979) — tarixchi olim. Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973), tarix fanlari D-ri (1973). Qoraqalpog’iston ped. in-tini tugatgan (1948). O’zbekiston Faning Qoraqalpog’iston bo’limi iqtisod va madaniyat in-tida ilmiy xodim (1951 — 53), shu in-t direktori (1953-59); O’zbekiston Faning Qoraqalpog’iston filiali N. Dovqoraev nomidagi Tarix, til va adabiyot in-tida tarix sho”basi mudiri (1959). S. P. Tolstoe va T. A. Jdanko boshchiligidagi Xorazm ar- xeologiya etnografiya ekspedisiyasi qatnashchisi (1946-56). K.ning ilmiy faoliyati qoraqalpoq xalqining etnik tarixi va shakllanishiga bag’ishlangan.