Kosigin Aleksey Nikolaevich

Kosigin Aleksey Nikolaevich [1904. 8(21).2, Sankt-Peterburg – 1980.18.12, Moskva] — SSSR davlat arbobi (1964— 80). 1939-40 y.larda to’qimachilik sanoati xalq, komissari. XKS (SSSR Ministrlar Soveti) raisi o’rinbosari (1940-53, 1953-56, 1957-60), ayni vaqtda 1941-42 y.larda evakuasiya bo’yicha kengash raisi o’rinbosari, 1943- 46 y.larda RSFSR XKS raisi, 1948 y.dan turli vazirlik lavozimlarida, 1959-60 y.larda davlat reja qumitasi raisi. 1948-52 y.larda, 1960 y.dan partiya MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) a’zosi. 1960-64 y.larda SSSR Ministrlar Soveti raisining 1-o’rinbosari, so’ng raisi (1964-80). Korxonalarning mustaqilligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar tashabbusqori (bu islohot tugallanmay qolgan).