Kosmik televidenie

Kosmik televidenie – tasvirni kosmik televizion tizimlar orqali uzatish. Bunda kosmik fazo va b. sayyoralar sirtidagi kosmik kema, sayyoralararo avtomatik stantsiya va er sun’iy yo’ldoshlari (ESY) bortidan o’zatilgan televizion tasvirlarni er- dagi radioaloqa st-yalari kabul kilib, televizion ko’rsatuv tarmoqlari orqali retranslyasiya qiladi. Birinchi marta 1959 y.da “Luna-3” avtomatik st-ya yorda- mida oyning teskari tomonining tas- viri o’zatilgan. K. t. dan oy, sayyoralar va ularning yo’ldoshlarini tadqiqot qilishda, kosmosdagi turli operasiyalar (kosmik apparatlarni tutashtirish, in- sonning ochiq kosmosga chiqishi va b.) ni, kosmik apparatlar (mas, “Lunoxod”) ni masofadan turib boshqarishda foydala- niladi. K. t. telekameralarni meteoro- logik ESY, shuningdek, tabiiy resurs- larni tadqik, qilish uchun mo’ljallangan ESY jihozlari tarkibiga kiradi.