Kosmik zondlar
Kosmik zondlar – er atrofi va sayyoralararo fazoni, Quyosh siste- masidagi osmon jismlarini fizika- viy jihatdan tadqiq qilish uchun uchi- ri-ladigan ilmiy apparatlar. K. z.ni uchirish 1959 y. 2 yanv.da “Luna – 1″ning Oyga parvozidan boshlandi. “Luna”, “Zond”, “Venera”, “Mars”, “Mariner”, “Serveyer”, “Lunar Orbiter” va “Apol- lon” tipidagi K. z. uchirildi. Er va oy atrofidagi radiasiya, kosmik nurlar intensivligining o’zgarishi va Kosmos da magnit maydoni o’rganildi. Oyning Erdan ko’rinmaydigan tomonining foto- suratlarini olib, oyning to’liq xarita- sini tuzishga va globusini yasashga imkon berdi. Oyning yaqin atrofdagi kosmik fazoni va oy sirtidagi ob’ektlarning evolyusiyasi o’rganildi, oy tuprogi- ning umumiy xossalari tekshirildi, oy massasi va tortishish maydoni haqida ma’lumotlar olindi. Oy tuprog’ining mexaniq xossalari, oydagi seysmik sha- roitlar o’rganildi, oyning harakat na- Zariya-siga oid aniqliklar kiritildi. Sayyoralar avtomat apparatlar yordami b-n tadqiq qilindi. Uzoq kosmosni o’rganish maqsadida Venera va Marsga qator K. z. uchirildi. Venera sirtiga birinchi ilmiy st-ya — “Venera-4” qo’ndirildi. “Venera-4” va undan keyingi “Venera” tipidagi K. z.ning erga o’zatgan ma’lu- motlariga, asosan, Venera sirtining t-rasi taxm. 400°, ATM. bosimi 100 ATM. ekanligi, atmosferasi tarkibida, aso- san, karbonat angidrid borligi ma’lum bo’ldi. Er — Quyosh oralig’idagi kosmik fazoda kosmik nurlar, magnit maydoni, ayniqsa, Quyosh radiasiyasi haqida yangi ma’lumotlar olindi. Marsga “Mars-2”, “Mars-3” va “Mariner-3” avtomat st – yalari uchirildi, ular Marsning sun’iy yo’ldoshlari bo’lib qoldilar. “Mars-2” dan maxsus kapsula ajratilib, Mars sirtiga qo’ndirildi. Bunday K. z. yorda- mida Mars haqida muhim ma’lumotlar olindi. Mars sirtining t-rasi -110, +13° oralig’ida o’zgarishi, atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iboratli- gi, magnit maydoni sezilarli darajada emasligi ma’lum bo’ldi.