Kosmokimyo

Kosmokimyo (Kosmos va kimyo) — Kosmos jismlarining tarkibi, element- larning olamda tarqalish qonuniyatlari, koinot moddalarining hosil bo’lishida atomlar migrasiyasi va mujassamlashu-VI jarayonlarini o’rganadigan fan. 20- a. ning 2-yarmidan rivojlana boshladi. Texnikaning o’sishi, sun’iy yo’ldosh va raketalar kashf qilinishi kimyo FA- nining yangi yo’nalishiga asos soldi. Olimlar quyosh spektrlarini tahlil qilishib, unda 69 ta kimyoviy element borligini aniqlashdi. Quyoshning aso- siy moddasi vodorod-geliy gaz sfera- si bo’lib, unda doimiy davom etuvchi reaktsiya hisobiga ulkan energiya hosil bo’ladi. Aniqlanishicha, shu energiya- ning nur ko’rinishidagi 5 trilliondan bir qismigina er kurrasiga, qolgan qismi koinotdagi o’zga sayyoralar va bo’shliqlarga tarqaladi. Quyoshdagi uchuv- Chan element va moddalar tarkibiga vo- dorod, azot, metan, karbonat angidrid va suv, uchmaydiganlarga esa davriy si- stemadagi ko’pgina elementlar b-n bir katorda oksidlar, sulfidlar, shuning- dek, silikatlar kiradi. Kremniy, te- Mir, magniy, kaltsiy, alyuminiy, titan va nikel birikmalarining miqdori ko’prokligi aniqlangan. Quyoshda uchray- digan elementlar va ular birikmala- rining tarkibi Koinotning hozirgacha o’rganilgan barcha sayyoralari tarkibiga ancha yaqinligi ma’lum bo’ldi. Katta va mitti yulduzlar, meteorit va kometalar- da ham shunday kimyoviy tarkib birligi qonuniyatlari mavjud. Ayniqsa, er va Oyda bo’lgan bir qator elementlar izo- toplarining meteoritlarda topilgan elementlar izotoplari b-n hamohangligi Quyosh sistemasida yagona yadroviy jara- yonlar ro’y berganligini isbotlaydigan omil ekanligini ko’rsatdi. Olingan ra- dioizotop tahlillar Quyosh sistemasida- gi qatti q fazali birikmalar bundan 4— 5 mlrd. yil avval hosil bo’lganligini isbotladi. Bunday qattiq jismlar Koi- not moddasining chuqur fraktsiyalanishi oqibatida o’zidagi vodorod, inert gazlar, azot, uglerod, oltingugurt, xlordan ozod bo’ladi. Quyoshdan ancha uzoqda joylashgan gigant sayyoralargina Quyosh gazlaridan ba’zilarini o’zida ushlab qoladi. Erga va oyga tushgan meteoritlarning kimyo- viy tahlili ular tarkibida magniy va kaltsiyli silikatlar, temir va titanli qotishmalar, temir sulfidli, temir- toshli moddalar borligini ko’rsatdi. Meteoritlarda 2-darajali aralashma- lar sifatida grafit, murakkab tarkibli uglerodli molekulalar, karbidlar, fos- fidlar, metallarning Nodir sulfidla- ri, titan, xrom va kremniy nitridlari topilgan. Umuman, meteoritlarning katta guruhini xondritlar deb atash Kabul qilingan. Xondritli meteoritlar turli pishiklik va mustahkamlikka ega bo’lib, axondritlar esa ulardan kristall Pan- jaralarining tuzilishi b-n farqlanadi va erdagi vulqon jinslarini eslatadi. Oy yuzasi qora-qo’ng’ir material b-n qoplangan bo’lib, nurning 7% ini qaytaradi, xolos. Er yo’ldoshi qizil rangni ko’proq, ko’k yoki binafsha rang- ni esa kamroq qaytaradi. Shuning uchun Quyosh nuridan farqli o’laroq oy zangoriroq rang b-n tovlanadi. Oy yuza- sida oq qumli joylar, qora slanesli maydonlar, undagi turli jinslar tar- kibida esa ko’pgina kimyoviy elementlar, jumladan, kislorod, kremniy, temir, ishqoriy va ishqoriy-er metallar, ugle- rod, azot, lantanidlar, aktinidlar, si- mob va b. borligi aniqlangan. Sayyoralar ichki va tashqi sayyoralarga bo’lib tadqiq qilinadi. Ichki sayyoralar- ga oy, Merkuriy, Venera, er va Mars, tashqilariga Yupiter, Saturn, uran, ne- ptun, Pluton va kichiklariga xondritli asteroidlar kiradi. Ular tarkibi va Xu- susiyatlari b-n bir-biridan farq qiladi, ammo bitta qonuniyatga bo’ysunishi taj- ribalar yordamida isbotlangan. Quyoshga yaqinroq masofada joylashgan Merku- riy juda katta zichlikka ega bo’lganligi uchun atmosferadan mahrumdir. Aksincha, o’zining kattaligi va zichligi b-n erga yaqin va uning “singlisi” deb ataluvchi Venera kuchli atmosfera b-n o’ralgan. Unda karbonat angidrid ko’pligi maxsus asboblar erdamida o’lchangan. Yupiterda massasi jihatidan 78%, Saturnda 63% vodorod bor. Uran b-n Neptunning zich- ligi yuqorirokligi sababli ularda vodo- rod miqdori kamroq. Bilvosita olingan tajribalar katta sayeralarda geliy miqdori ancha ko’pligini ko’rsatdi. Mazkur sayeralar- da gaz yoki mo’z holatidagi ammiak ham uchrashi isbotlangan. Bu kagga sayyoralar tarkibi Quyosh tarkibiga yaqinligidan dalolat beradi. Ad.: Voytkevich G. V., Fedorova N. E., Ximicheskie elementi v solnechnoy si- steme, M., 1973; Axmerov K,., Kosmosda- gi kimyoviy jarayonlar, T., 1979. Qudrat Axmerov.