Kosmologiya

Kosmologiya (Kosmos va … logiya) — Koinotnmng tuzilishi va rivojlani- shini hamda nisbiylik nazariyasi ob’- ektlarini kuzatuv ma’lumotlari b-n na- zariy tadqiqotlar erdamida o’rganuvchi fan. Asosiy maqsadi — zamonaviy astro- nomiya va fizika bilimlariga asoslanib, Koinotning evolyusion modelini tuzish, ya’ni uning boshlang’ich holatidan to bu- gunga qadar va kelajakdagi taraqqiyoti bosqichlarini tahlil qilish. Zamonaviy K. asoslariga ko’ra, butun Koinotning eng ko’p massasini galakti- kalar va yulduzlar tashqil etgan. Lekin 15-18 mlrd. yil ilgari uning barcha moddasi dastlab qiyoslash qiyin bo’lgan o’ta zich holatda bo’lgan. Bu o’ta zich va o’ta yuqori t-rali holatni fizika fani hali umuman ishlab chiqmagan. Kuzatuv- larga tayanib, bu holatni “o’ta kuchli” va “katta” portlash ro’y bergan, Koinotning birlamchi materiyasi kengayuvchan, bir jinsli va izotrop xususiyatlariga ega bo’lib, vaqt o’tishi b-n uning zichligi va t-rasi jadal pasayib borgan, deb xulosa qilingan. Koinotning qaynoq modeli do- irasidagi hisob-kitoblarga ko’ra, uning t-rasi 0,001 sek.da ikki marta pasay- ib 1012-10″ K gradusga etadi. Koinot yoshi 1 sek.ga to’lganida t-ra T=1010—10s K oralig’ida bo’lib, shu davrda geliy va deyteriy kabi engil elementlar yadrola- ri vujudga keladi. Koinotning birinchi nostasionar (kengayuvchi) modelini 1922 y. rus oli- mi A. A. Fridman (1888-1925) taklif qilgan. A. Eynshteyn Koinotning Stasi- onar modelini tuzgan. AQSh astronomi E. Xabbl (1889-1953) 1929 y. Fridman- ning kengayuvchi modelini kuzatuv yo’li b-n tasdiklagan. “Qaynoq” Koinot naza- riyasini 1948 y. Amerika olimi g. A. Ga- mov (1904-68) taklif etgan. Fridman K.sida Koinot dastlab o’ta zich singulyar holatda bo’lib, xusu- san, /=10~13 S. vaqtda uning zichligi r=1093 gr/sm3 deyilgan. Zamonaviy Ko- inot turli yotshdagi galaktikalar olami- dan iborat va kamida bir necha yuz mln. parsek masshtabdan boshlab zichligi bir jinsli va izotropik xususiyatlarga ega. Mas, bizdan atigi 1,5-10′ parsek masofa oralig’ida bir necha mlrd. galaktikalar kuzatiladi. K. da bir jinslilik va izo- tropik xususiyatlar kosmologik printsip deyiladi va u yuqoridagi evolyusion mo- delning asosini tashqil etadi. 1965 y. amerikalik astronomlar A. A. Penzias va R. V. Vilson Koinot portlashi dav- ridan saqlanib qolgan “relikt” kashf qilishgan. Kuzatuvlarga ko’ra, Quyosh si- stemasi “relikt “nurlanishiga nisbatan 420 km/sek tezlik b-n harakat qiladi. Zamonaviy K. norelyativistik va relya- tivistik qismlardan iborat. Norelya- tivistik K. fazo va vaqtni o’zaro jips bog’lanmagan holda qaraydi. Relyativi- stik K. esa fazo-vaqt geometriyasida ish ko’rib, klassik fizikaning ayrim tu- shunchalari (mas, inersial sanoq siste- masi) hisobga olinmaydi va o’rniga Yan- gilari (mas, fazo-vaqt egriligi va b.) ki- ritiladi. Koinot takdiri uning o’rtacha zichligi kritik qiymat 5-10 30 gr/sm3 dan katta yoki kichik ekanligiga bog’liq. Hoz. ma’lumotlarga ko’ra, Koinotning o’rtacha zichligi 5-10~31 gr/sm3 ga teng. K.da tabiati bizga noma’lum ko’rinmas massa muammosi hal etilmagan. Bu massa, xususan, galaktikalar tojida galaktika- lar to’dalari va ular orasidagi fazoda etarlicha mavjudligi aniq. U Koinot takdirigagina emas, balki galaktikalar evolyusiyasiga ham ta’siri o’ta muhim ekani ma’lum. O’zbekistonda K.ning bu kabi astrofizik muammolari O’zMU astronomiya kafedrasida, nisbiylik na- zariyasi b-n bog’liq ayrim masalalari esa O’zbekiston FA yadro fizikasi in-tida o’rganiladi. Ad.: Si l k J., Bolshoy vzriv: roj- Denie i evolyusiya vselennoy, M. S, 1982; Zeldovich Ya. B, Novikov I. D., STROENIE i evolyusiya vselennoy, M., 1975; Chan- drasekar S, Matematicheskaya teoriya chyor- nix dir, M., 1986.