Kosmopolitizm
Kosmopolitizm (yunoncha kosmopolites-kosmopolit, jahon fuqarosi)-“jahon fuqaroligi” deb atalgan g’oyani targ’ib qiluvchi mafkura. Iskandar (Aleksandr) yurishlari davrida paydo bo’lgan. Uyg’onish va Ma’rifatchilik davrlarida jahon fuqaroligi ideali olg’a surilib (Dante, Kampanella), individning zamindor boylar zulmidan ozod bo’lish g’oyasini (Lessing, Gyote, Shiller, Kant, Fixte) ifodalagan. Kosmopolitizm milliy an’ana va madaniyatdan, vatanparvarlikdan voz kechish-bevatanlikka da’vat etadi.