Kosontov

Kosontov — qarshi cho’lidagi balandlik. Qashqadaryo viloyatida, Qashqadaryo o’zani b-n Maymanoq kana- li oralig’ida joylashgan. Eng baland joyi 452 m, nisbiy bal. 100 m. Jan.- g’arbdan shim.-sharqqa cho’zilgan. O’z. 4,5 km. Burmalangan gumbazsimon baland- lik. Yon bag’irlari tekislikdan keskin ko’tarilgan va quruq soylar b-n o’ydim- chuqurlashgan. Suvayirg’ich qismi yassi te- kislikdan iborat. K. yosh antiklinal balandlik, bo’r, paleogen va to’rtlamchi davrlarning ohaktosh, gil, alevrolit, qumtosh, kon- glomerat, qumli qatlamlaridan tuzilgan. K.da och bo’z tuproklar tarqalgan, ularga ko’proq gipsli, engil mexaniq tarkib xos. Rang va qo’ng’irbosh, ba’zi joylarda shuvoq o’sadi. Yaylov chorvachiligida foy- dalaniladi, atroflari sug’oriladigan erdar b-n band. Shim. etagida Kosoy sh. joylashgan.