Kosovo va Metoxiya
Kosovo va Metoxiya – Serbiyadagi o’lka. Mayd. 11 ming km2. Aholisi 1,9 mln. kishi (1997). Poytaxti — Pri- shtina sh. K. va M. hududining katta qismi Kosovo-Pole va Metoxiya soyli- klaridan iborat, ularda Drin va ibar daryolari oqadi. Iqlimi mo”tadil kon- tinental iqlim. Yanv. ning o’rtacha t-rasi 0°, iyulniki 20°. Yillik yog’in 600-700 mm. K. va M. hududi 8-12-a.larda rashki, so’ngra Serbiya davlati tarkibida, 15-a. dan 1912 y.gacha Usmonli turk saltanati tarkibida bo’lgan. 1913 y.dan London tinchlik shartnomasiga ko’ra, K. va M. hududini Serbiya va Chernogoriya bo’lib oladilar. 1918 y. dan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugos- laviya qirolligi) tarkibida. 1945 y.dan Yugoslaviya tarkibidagi Muxtor vilo- yat, 1963-69 y. larda K. va M. Muxtor o’lkasi, 1969-1990 y.larda Kosovo mux- tor o’lkasi, 1990 y.dan K. va M. o’lkasi. 1980-y.larning boshlarida albanlar o’lka aholisining 90% ni tashkil etdi. K. va M. dagi etnik muammolar 1998 y.da qurolli to’qnashuvlarga aylandi. Bu to’qnashuvlarning asosiy sababi Kosovo albanlarining mustaqil davlat bo’lishga harakatidir. K. va M. — agrar r-n. Donli ekin- lar, tamaki ekiladi. Polizchilik, bog’dorchilik va tokchilik rivojlan- gan. Tog’yaylovlarida qoramol, qo’y boqiladi. Hunarmandchilik rivojlan- gan. Qo’rg’oshin, lignit, xromit va mag- nezit qazib olinadi. Kimyo, yog’ochsozlik, tsement, qog’oz, to’qimachilik korxonalari bor.