KOTA-KINABALU
KOTA-KINABALU – Malayziyadagi shahar, Sabax shtatining ma’muriy markazi. Kalimantan orolining shimoliy-g’arbiy sohilida. Muhim port, temir yo’l stantsiyasi, aeroport bor. Aholisi 210 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Tropik dehqonchilik rayonining savdo markazi. Baliq ovlanadi. Shaharga 1899 yilda asos solingan.