KO’TARILISH VA PASAYISH

KO’TARILISH VA PASAYISH (a s t ronomiyada) — oy va Quyoshning tortish kuchi ta’sirida erdagi dengiz sathining va atmosfera bosimining dav- riy o’zgarishi hamda er qobig’i (litosfe- ra) ning deformasiyalanishi. Suv sathi 6 soat 13 min. davomida ko’tari-ladi va shuncha vaqt davomida pasayadi. Bu hodisa har 12 soat 25 min.da takrorlanib tura- Di. Ko’tarilishni hosil qiluvchi kuch (G’) ko’tarilishni hosil qiluvchi jism (G” jism — oy va Quyosh) ning er sathidagi va markazidagi teng massali zarralar- ning tortishish kuchi farqiga propor- tsional. K. va p. kuchi G’=~rg formula b-n ifodalanadi. Bunda |x – zarra massasi, g -zarraning er markazidan uzoqligi, t – G” jism massasi, R— G” jismning er Mar- kazidan uzoqligi, /=6,67108 sm/g sek2 — butun olam tortishish do-imiysi (q. Bu- tun olam tortishish qonuni). Quyoshning massasi oyga qaraganda juda kata bo’lishiga qaramay, er b-n oy o’rtasidagi masofadan 400 baranar uzoq bo’lganligi uchun Quyoshning G’kuchi Oynikiga nis- batan 2,17 marta kichik. Tor o’zaygan ko’rfazlarda eng katta ko’tarilish sodir bo’ladi, mas, Penjinsk gubernyasidagi Oxota dengizida K. va p. amplitudasi 13 m gacha boradi. Kanadaning sharqida (Fandi qo’ltig’ida) Atlantika okeani sathi 18 m gacha, erning qattiq “qobigi” esa 50 sm gacha ko’tarilishi mumkin. K. va p.ning amplitudasi hamda tasnifi er, Oy, Quyoshlarning o’zaro joylashishiga, geografik kenglik va mahalliy sharo- itlarga (mas, dengizning chuqurligiga) bog’liq bo’ladi. Erning o’z o’qi atrofida sutkali aylanishi, er, oy va Quyoshning o’z orbitalari bo’ylab qiladigan harakatlari natijasida K. va p. hodisasi Erning har bir nuqtasida har xil katta- likda sodir bo’ladi. K. va p. sathining tebranishini mareograf asbobi b-n ku- zatib boriladi. Dengiz kemalariga xiz- mat ko’rsatish uchun maxsus “ko’tarilish jadvallari” tuziladi. Atmosferada ko’tarilish tebranishlarining davriy- ligi 12 soat, ATM. bosimining o’zgarishi kam, ekvatorial zonadagina eng yuqori (1 Mbar gacha) bo’ladi. K. va p. ta’sirida atmosferaning bosimi sutka va oy davo- mida sezilarli darajada o’zgarib tura- Di. Erning tortish kuchi ta’sirida oyda sodir bo’ladigan ko’tarilishlar oyning o’z o’qi atrofida aylanishini sekinlash- tirganki, oqibatda u erga bir tomoni b-n o’girilib qolgan. Oyning er atrofi aylanish tezligidan erning o’z o’qi atro- fida aylanish tezligining katta bo’lishi Erdagi sutkalar uzunligining yil sayin ortib borishiga olib kelmokda. Abdusalom Latipov.