Kotlov Boris Vasilevich

Kotlov Boris Vasilevich (1923.2.7, Nikolaev sh., Ukraina — 1995. 19.11, Moskva) — rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Dnepropetrovskdagi rassomlik bilim yurti (1940-41) va Toshkentdagi P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1944-49)da tahsil olgan. Ijodini bezakchi rassom sifatida bosh- lagan K. ko’rgazma va yarmarkalar, kucha va maydonlarni bayramona bezaklari, ja- moat va davlat muassasalari binolarini ichki va tashqi ko’rinishi, tasviriy bez- aklarini yaratgan (Chirchiq sh. Madaniyat saroyi, 1980 va b.). 1960 y.dan akvarel sohasida faol ijod qilib, tabiat man- zaralari, shaharlar qiyofasi aks etgan asarlar yaratdi (“tog’larda bahor”, 1968; “Moviy kun”, 1968; “Oqtosh manzarasi”, 1971; “Buxoro”, 1971; “Lolalar”, 1972; “Chorvoq GES tongi”, 1974; “Ohangaronda yangi qurilish”, 1980 va b.).