KOTYAN, qo’tan

KOTYAN, qo’tan (13-a.) — Dashti Qipchoqning g’arbidagi qipchoq (Polo- ves) xonlaridan; Sutoyxon o’g’li. 1205 y. Galich knyazi Roman vafot etgach, Galich knyazligida olib borgan janglaridan birida asir tushishiga sal qolgan. 1223 y. mo’g’ullarni Dashti Qipchoqqa qilgan bosqinidan so’ng, K. Galichga, kuyovi Knyaz Mstislav huzuriga kelib, undan va barcha knyazlaridan mo’g’ullarga qarshi kurashi- da yordam berishlarini so’ragan, yordam berishga va’da qilingan. Rus knyazlari- ning Birlashgan kuchlari K. b-n birga Kalka jangida mo’g’ullar tomonidan but- kul tor-mor qilinadi. 1225 y. Mstislav K.ni Daniil Romanovich b-n ittifoq tuz- gan lyaxlarga qarshi kurashish maqsadida chaqirtirgan, 1228 y. K. Kievning ulug’ knyazi Vladimir Ryurikovichga Daniilga qarshi kurashida yordamlashgan; keyin- chalik K. qigtchoqlari Vengriyaga qarshi jang qilgan Daniilga yana yordam berish- gan. 1238 y. Ashtarxon dashtlarida Botu- xondan mag’lub bo’lgan K. 40 ming kishi- lik qabiladoshlari b-n Vengriyaga qochib borgan, u erda qirol K.ni fuqarolikka qabul qilib, qabilasi uchun er ajratib bergan. Ad.: Pletneva S. A., Polovsi, M., 1990; Kochevniki srednevekovya, M., 1982.