Kovda Viktor Abramovich
Kovda Viktor Abramovich (1904.29.12, Vladikavkaz — 1991.23.10, Moskva) — tuproqshunos olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1943). Krasnodar qishloq xo’jaligi in-tini tugatgan (1927). V. V. Dokuchaev nomidagi Tuproqshunoslik in-ti sho’rlangan tuproqlar lab. mudiri (1931-39), Moskva un-ti prof. (1939), tuproqshunoslik kafedrasi mudiri (1953-91), SSSR faning O’zbekiston Fi- liali Botaniqa va tuproqshunoslik in- ti direktori (1941-42), YUNESKOning Aniq, va tabiiy fanlar departamenti direktori (1958-65; Parij), Rossiya FA Agrokimyo va tuproqshunoslik in-ti direktori (1970-80). K.ning asosiy tadqiqotlari Rossiya, Xitoy, Lotin Amerikasi tuproqlarini o’rganishga bag’ishlangan va jahon dara- jasida e’tirof qilingan, sho’rlangan tu- proklarning kelib chiqishi, evolyusiyasi, geogr.si va meliorasiyasiga, gurunt suv- laridagi to’z tarkibining shaqllanish qonuniyatlariga, ayrim mintaqalar va er sharining quruqlik qismi to’z balansi masalalari, ularni xarita- ga tushirish ishlariga bag’ishlangan. Uning rahbarligida “Jahon tuproq xaritasi” nashr qilingan (1979). K. tuproqshunoslikka doir bir necha xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan. As: Solonchaki i solontsi, M.-L., 1937; Osnovi ucheniya o pochvax: kn. 1-2. M., 1973; aridizasiya sushi i borba s za- suxoy. M., 1977.