Kovellin
Kovellin (italyan mineralo- gi N.Kovelli (1790-1829) nomi b-n atalgan) — sulfidlar sinfiga man- sub mineral, kimyoviy tarkibi — CuS. Geksonal singoniyali, plastinkasimon. Qattikligi 2-2,5; zichligi 4,6—4,7 g/ sm3. Och zangori yoki ko’kimtir. Kri- stallari nihoyatda kam uchraydi. Mis, qo’rg’oshin-rux va mis-kolchedan konlari- ning ikkilamchi sulfidlarga boyish zo- nasida hosil bo’ladi. K. xalkopirit, pi- rit, xalkozin va b. tarkibida mis bo’lgan minerallar, ya’ni birlamchi va ikki- lamchi sulfidlarning o’rnini eg’allash yo’li b-n rivojlanadi. O’zbekistonda K. Olmaliq — Qalmoqqir, Saricheka va b. mis-molibden konlarida, ayniqsa, keng tarqalgan. K.dan mis olinadigan ruda sifatida foydalaniladi.