KOXTLA-YARVE
KOXTLA-YARVE — Estoniyaning shimoli-sharqidagi shahar (1946 yildan). Tallinn — Sankt-Peterburg temir yo’l magistrali — Fin qo’ltig’i sohili oralig’ida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 74,7 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Slanes kazib olish va slanes kimyosi sanoati markazi. Qurilish materiallari va mineral o’g’itlar ishlab chiqariladi. Torf briketlanadi. Mebel fabrikasi, yengil, oziq- ovqat sanoati korxonalari, slanes muzeyi, Estoniya davlat badiiy muzeyi bor.