KO’Z KOSASI

KO’Z KOSASI, orbita — kallaning yuz qismidagi bir juft chuqurcha. Unda ko’z soqqasi joylashgan. Ko’z kosasining orqa bo’lagidagi tyoshiklar orqali kalla bo’shlig’idan ko’zga qon va limfa tomirlari hamda nervlar o’tadi. Ko’z kosasining chuqurligi 5 santimetrgacha. Ko’z kosasida ichki, tashqi, ustki va pastki devor bor. Ko’z kosasining ustki-tashqi burchagidagi chuqurchada ko’z yoshi bezi joylashgan; kosaning ichki devorida esa ko’z yoshi xaltachasi uchun tokcha bor.