Ko’z xiralashuvi
Ko’z xiralashuvi, ko’rishning Pa- sayishi — ko’rish o’tkirligining pasay- ishi. Har bir ko’zning ko’rish o’tkirligi uzoqdan va yaqindan kurishga tekshirila- Di (q. Uzoqdan ko’rish, yaqindan ko’rish). K. x. ko’pincha ko’z refraktsiyasining ano- maliyalari (miopiya, gipermetropiya va astigmatizm)da paydo bo’ladi. 40 yoshdan boshlab esa gavharning qotishi sababli ko’zning ko’rish qobiliyati susaya boradi va 50— 60 yoshda ancha susayadi. Shuning uchun yaqindan o’qish qiyinlashadi. K. x. ga ko’zning optik soqalarida uchraydigan turli xastaliklar (keratit, shox parda yarasi yoki unga oqtushishi, ko’z ichiga qon quyilishi, katarakta, shishasimon tana- ning xiralashishi) sabab bo’lishi mum- kin, shuningdek, keksalikdagi K. x. ku- zatiladi. To’r parda va kurish nervining tug’ma nuqsonlari, kasalliklari, ko’z shi- kastlanishi, glaukoma, organizmda mod- dalar almashinuvining buzilishi, qon- tomir, endokrin va nerv sistemasining kasalliklari ham K.x.ga olib keladi. K. x. shabko’rlik va rang ajrata olmaslik b-n birga kechishi ham mumkin. Ko’z xiralashganda sababini aniqlab, so’ng ko’rishni yaxshilash choralari kuri- ladi. Ko’zoynak yoki kontaktli linzalar, jarrohlik usullari yordamida kurish utkirligini oshirish mumkin. K. x.ning oldini olish uchun glaukomani erta aniqlash va davolash, gigiena va xavfsiz- lik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.