Kozimiy Murtazo mushfiq
Kozimiy Murtazo mushfiq (1887 — ?) — Eron yozuvchisi. Zamonaviy fors nasrining asoschilaridan biri. “Era- ne javan” (“yosh Eron”) jur.da bosh muharrir bo’lib ishlagan (1926). Ijo- diy faoliyati 20-a.ning 20-y.laridan boshlangan. K.ning birinchi yirika- sari “qo’rqinchli Texron” (1922) ro- mani hisoblanadi. Romanda Erondagi ijtimoiy hayot, xalq boshiga tushgan qiyinchiliklar, adolatsizliklar, ayol- larning og’ir qismati aks ettirilgan. Romanning 1-qismi “mahuf” (1921) Tehronda, 2-qismi “bir kecha xotira- si” (1924) Berlinda nashr etilgan. K. “So’ligan gul”, “qimmatga tushgan rashk” va b. romanlar muallifi. Publisistik asarlari, tarjimalari Eron adabiyoti- da o’ziga xos o’rin tutadi. “Ko’rqinchli Tehron”ning 1-qismi Fafur G’ulom, 2-qismi Sotiboldi Yo’ldoshev tomoni- dan o’zbek tiliga tarjima qilingan.