Ko’ztikan
Ko’ztikan, Iberiya bo’tako’zi (Centaurea iberica Trev.) — Murakkabgul- doshlarga mansub ikki yillik begona o’t. Poyasi tik o’sadi, bo’yi 20-70 sm. Po- yasining yuqori qismi tarvaqaylab shox- langan, serbarg. Barginingcheti tikan- li, arratishsimon, ildiz oldi barglari patsimon, poyadagilari nashtarsimon qirqilgan. Gullari och qizil, sanatsi- mon to’pgulga yig’ilgan. Ildizi o’q ildiz, tuproqqa 1 m chuq. gacha kiradi. Iyun— avg. Gacha gullaydi va meva-laydi. Urugidan ko’payadi. O’rta Osiyoda hamma joyda tarqalgan. G’alla ekinlari va bedazorda uchraydi, shuningdek, ariq- kanal bo’ylari, yo’l yoqalari, tashlandiq erlar, bog va uzumzorlarda o’sadi. Tarki- bida flavonoidlar, saponinlar va b. bi- rikmalar bor. Xalq tabobatida istisqo kasalligini davolashda ishlatiladi. Kurash choralari: erni shudgorlash, maysalari kuringanda borovalash, qator oralariga ishlov berish va gerbitsidlar (granstar — ish suyuqligi 200-300 l/ga; banvel — 0,3—0,5 l/ga) purkash.