Krachkovskiy Igvatiy Yulianovich

Krachkovskiy Igvatiy Yulianovich [1883.4(16).3, Vilno, hoz. Vil- Nyus — 1951.24.1, hoz. Sankt-Peterburg] — rus sharqshunosi. SSSR Faakad. (1921). Bir necha chet el akademiyalari va sharqshunoslik jamiyatlarining a’zosi, zamonaviy rus sharqshunosligining asos- chilaridan biri. Peterburg un-tining Sharq tillari f-tini tugatgan (1905). Petrograd un-tining prof. (1918y.dan). K. Arab tili va adabiyotini, fors, turk, habash (efiop), lotin, yahudiy va Yava bir necha G’arb tillarini bilgan. Arab adabi- yoti, tili, tarixi va madaniyatiga, Rossiya va chet ellardagi sharqshunoslik tari- xiga oid 400 dan ziyod ilmiy asar yozgan. K. islomgacha bo’lgan davrdan 18-a.gacha yashagan Arab geograflari haqidagi yirik asari (“Arab geografik adabiyoti”)da jahon fanida Beruniy, Ibn Sino kabi arabnavis mutafakkirlarning turli fan sohalari taraqqiyotidagi buyuk xiz- matlarini ko’rsatib berdi. K. 1931 y.dan Sharqiy Evropa, Kavkaz va O’rta Osiyo tarixiga oid Arab manbalarini to’plash bo’yicha SSSR FA tomonidan tashqil etilgan komissiyaga boshchilik qildi. Uning rahbarligida turkman xalqi ta- rixiga oid Arabcha matnlarning tarji- masi e’lon qilindi (1939). K. va uning rafiqasi V.A.Krachkovskaya tomonidan vashr etilgan Arab tilidagi hujjatlar majmui — “So’g’diyova to’plami” O’rta Osiyo tarixini o’rganishda muaiyan ahamiyatga ega. K. “Qur’onni adabiy man- ba sifatida rus tiliga tarjima qildi; “Ming bir kecha”, “Kalila va Dimva” va b. asarlarni rus tiliga tarjima qilishda ishtirok etdi. K. rus sharqshunosligi, rus-Arab aloqalari tarixini yoritib beruvchi muhim tadqiqotlarning (“Arab qo’lyozmalari ustida”, 1945, keyinchalik bir necha marta nashr etilgan; “rus Arab- shunosligi tarixi ocherklari”, 1950 va b.) muallifi. Ad.: Izbrannie Sochineniya, t. 1-6, M.— L., 1955-1960.