Krasniskiy Gennadiy Aleksandrovich
Krasniskiy Gennadiy Aleksandrovich (1940.27.8, Toshkent — 1988.12.6, Qo’rg’ontepa, Tojikiston) — futbolchi, sport ustasi (1962). Toshkentning “Pax- takor” futbol jamoasi safida (1959— 68) mamlakat birinchiligi oliy tabaqasi uchrashuvlarida 102 marta to’p kiritgan. Sobiq Ittifoq milliy va Olimpiya ter- ma jamoalari tarkibida o’ynab, 37 marta to’p urgan. Jan. Amerikada o’tkazilgan xalqaro uchrashuvlar haqida “Rio-de- Janeyrodan Montevideogacha” degan ki- tob yozgan (1964). K. 1971-77 y.larda “traktor” (tosh- kent), “Yangier” (Yangier), “Paxtakor” jamoalarida, 1983-85 y.larda esa “Zvezda” (Jizzax) jamoasida murabbiy bo’ldi. K. O’zbekistonning 20-a.dagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Tosh- kent sh. Bektemir tumanidagi stadionga K. nomi berilgan.