Krasnodar o’lkasi

Krasnodar o’lkasi – RF tar- kibida. Rossiya Evropa qismining Jan. da joylashgan. Shim. Kavkaz iqtisodiy r-niga kiradi. 1937 y. 13 sent.da tashkil etilgan. Mayd. 760 ming km2. Aholisi 5074,8 ming kishi (1998), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, Belorus, arman va b. yashaydi. Shaharliklar 54%. 38 ma’mu- riy tuman, 26 sha\ar, 23 shaharcha mavjud. Markazi — Krasnodar sh. Qora dengiz va Azov dengiziga tutash. K. o’. Kavkazning g’arbida joylashgan. Er yuzasining shim. qismi tekislik, Jan. — tog’lik (Kat- ta Kavkaz tog’lari b-n band). Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, temir rudasi, kinovar, qurilish materialla- ri, mineral va issiq buloqlar, davolash balchiqlari (Masesta, Goryachiy klyuch v b.). Iqlimi tekislikda mo”tadil, Qora dengiz sohilida subtropik iqlim, tog’larda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislikda yanv.ning o’rtacha t-rasi -4° dan qora dengiz soqilida 5° gacha, iyulniki 22-24°. Yiliga Sochi sh. atrofida 400 mm dan Krasvaya Polyava shaharchasida 3200 mm gacha yog’in to’shadi. Tuprog’i tekislikda, asosan, qoratuproq. Kuban daryosi etaqlarida Allyuvi-al tuproqlar, qora dengiz sohillari bo’ylab sariq tuproqlar tarqalgan. O’lka hududining 22% o’rmon. Asosiy Daryo- si — Kuban. Mayda ko’l ko’p. Kavkaz qo’riqxonasi, Sochi milliy parki bor. Oziq-ovqat (meva-sabzavot konserva, yog’- moy, shakarqand, sut, go’sht va b.), mashina- sozlik va metallsozlik (priborlar, sta- noklar, kompressorlar, q. x. mashinalari va b.), yoqilg’i (neft qazib olinadi va qayta ishlanadi), kimyo va neft kimyosi, engil, yog’ochsozlik, tsement sanoati korxo- nalari bor. Rossiyaning muhim q. x. r-ni. Q. x.ning etakchi tarmog’i — dehqonchilik. Bug’doy, sholi, makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi, tamaki, efir moyli ekin- lar ekiladi. Sabzavotchilik va po- lizchilik, mevachilik va tokchilik b-n shug’ullaniladi. Qora dengiz sohilida choy, tsitrus mevalar ekiladi. Chorvachi- ligi go’sht va sut etishtirishga ixti- soslashgan. Qoramol, cho’chqa, qo’y va echki boqiladi. Parrandachilik, baliqchilik, darrandachilik yo’lga qo’yilgan. O’lka hududini t. y. kesib o’tgan. Dengiz port- lari: Novorossiysk, Tuapse va b. Kuban daryosida kema qatvaydi. K. o’.da Sochi, Anapa, Gelenjik, Eysk, Goryachiy Klyuch kurortlari, Tuapse kurort zovasi joy- lashgan.