Krater
Krater (Yun. krater — katta kosa) — tog’orasimon yoki voronka ko’rinishida hosil bo’lgan botiq, chuqurlik. K.ning diametri ko’pincha 2-2,5 km dan oshmay- Di. Chuqurligi bir necha m dan yuz m gacha bo’ladi. K. vulkan otilishidan, samodan kelgan meteoritning er yuziga urilishi- dan va kuchli sun’iy port-lashdan hosil bo’ladi. Vulkan K.lari, odatda, vulkan cho’qqisida yoki yon bag’rida joylashadi. K. tubida bitta yoki bir necha vulkan bo’g’zi bo’ladi. Ular or-qali magmatic o’choqlardan ko’tarilgan lana va b. vulkan mahsulotlari chiqish kanali orqali er yuzasiga otilib chikali. Ba’zan K. tubi lana ko’li yoki yangi hosil bo’lgan vulkan konusi b-n band bo’ladi. Oy va Mars say- yoralaridagi K.lar aylana marzalar b-n o’ralgan doirasimon cho’kmalardan ibo- rat; diametri 100-200 km, chuqurligi bir necha km gacha bo’ladi. Ular bir biri- dan meteorit va asteroidning kelib uri- lishi va vulkaniq yo’l b-n hosil bo’lishi jihatidan farq qiladi (erdagi vulkan kraterdari va kalderalarga o’xshash).