KRATON
KRATON (Yun. kratos — kuch, mustahkamlik) — er po’stining al- pinotip burmalanishi o’zgarishlariga layoqatsiz Konsolidasiyalashgan qismlari. Nemis geologi X. Shtille K.ni ko’tarilgan K. — aksari sial (Si, AI) tarkibli (kad. tokembriy platfor- malari yoki po’sti kontinental tuzilish- ga ega hoz. geologik qalqonlar) massivla- ri va cho’kkan K. — simatik (Si, Fe, Mg) zaminli (ko’pincha er po’stining “granit- metamorfik” qatlamiga ega bo’lmagan okean tubi maydonlari) massivlariga ajratgan. “K” terminini fanga Shtille kiritgan (1940) va xorij adabiyotlarida ruscha “platforma” terminining Sino- nimi sifatida keng qo’llaniladi.