KREDIT
KREDIT (lotincha credit — ishonmoq) — buxgalteriya hisobvaraqlarining o’ng tomoni. Aktiv hisobvaraqlarda Kreditdagi yozuvlar mablag’larning kamayishini, passiv hisobvaraqlardagi yozuvlar ko’payishini ko’rsatadi. Hisobvaraqning chap tomoni debet deb ataladi.