Kredit kartochkasi, kredit karta
Kredit kartochkasi, kredit karta — plastik kartochka ko’rinishidagi shaxsiy (nomi yozilgan) to’lov hisob- kitob hujjati. Bank yoki kredit muassa- sasi tomonidan beriladi. Beriladigan kredit hajmi K.k. turiga bog’liq (oddiy, oltin, korporativ K.k.lari). K.k.da pul egasining identifikasiya raqami, FA- miliyasi, joriy hisobvarag’idagi sum- ma ko’rsatiladi. O’z egasiga kompyuter qurilmalari b-n ta’minlagan chakana savdo (xizmat ko’rsatish) tarmoqlarida naqd pulsiz tovarlar va xizmatlar xa- Rid qilish huquqini beradi. K.k.ga ko’ra, maxsus kompyuterlashtirilgan hisob- kitob tizimi orqali xaridor K.k.dagi pul summasi uning hisob raqamidan olinib, tovar sotgan (xizmat ko’rsatgan) korxona x.isobiga o’tkaziladi. K.k. muo- maladagi vaqd pul miqdorini keskin ka- maytirishga imkoniyat yaratadi. Birinchi marta 1946 y.da Nyu-York milliy ban- kida qo’llanilgan. Turli mamlakatlarda Amerika moliya-kredit guruhlarining (Viza, Master kard, Ameriken Ekspress) K.k.lari qo’llaniladi. Evrokard K.k.lari ham bor. O’zbekistonda 1996 y.dan O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki dastlab “viza kard” K.k. chiqarishni tashqil qildi va K.k.lariga xizmat ko’rsata boshladi. 2000-y.lar bo- shida O’zbekistonning boshqa banklari- da ham jahonning ko’pgiva rivojlan- gan mamlakatlaridagi banklar b-n K.k. orqali mijozlarga xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yiladi.