Kreollar
Kreollar (ispancha criollo — barpo qilmoq) — 1) Lotin Amerikasiga dastlab ko’chib kelgan ispan va portug’allarning avlodlari; 2) Braziliya va Lotin Ame- rikasi hamda Vest-Indiyadagi ingliz, golland, frantsuz mustamlakalarida — afrikalik qullar avlodlari; 3) Ser- ra-Leone va Liberiyada — ozod qilingan afrikalik qullar avlodlari; 4) Afrika mamlakatlarida — afrikaliklar va kel- Gindi xalq vakillari nikohidan bo’lgan avlodlar; 5) 18-19 a.larda Alyaskaga ko’chib kelgan ruslar b-n indeyslar, eski- moslar va aleutlar nikohidan bo’lgan AV- lodlar.